Сообщения

Yosh kelin-kuyovlarning me’yorish qovusha olmasligiga sabab nima? (Maktub)

Изображение
Uchinchi ming yillikning dastlabki asri — axborot asri sifatida e’tirof etilayotir. Darhaqiqat, jahon afkor ommasi tobora axborotlar girdobiga tushib qolmoqda. Ko‘plab shov-shuvlar, ilmiy manbalar bilan qorishib ketib, fisqu fujur tarzidagi tafakkurni og‘ulovchi, turli koni ziyon mish-mishlarga aylanmoqda va nafaqat insonning ongi va iymoni, balki salomatligiga ham ta’sirini o‘tkazmoqda. Ushbu o‘rinda axborotni noto‘g‘ri qabul qilib, o‘zidagi me’yoriy jihatlarni ham tana dardi alomatlariga yo‘yib, iztiroblar iskanjasiga tushib qolgan ayrim zamondoshlarimizning qismatlaridan tegishlicha xulosalar chiqazib olishlaringizga umid qilib qolamiz. “29 yoshdaman. Oilada to‘ng‘ich o‘g‘ilman. Uylanganimga deyarli bir yil bo‘ldi. Ammo hanuzgacha er-xotinlik munosabatlarimiz o‘z maromiga tushmagan. Keling, yaxshisi boshidan so‘zlab beray. Kasbim — muhandis. Kompyuterlar bilan uzviy bog‘liqlikda ishlayman. Avval oliygohni tugallab, keyin uch yil muddat ichida nomzodlik dissertatsiya

Jinsiy aloqaga munosabatning pasayishiga ta’sir etuvchi omillar

Изображение
Jinsiy aloqaga bo‘lgan munosabat yoki jinsiy talpinish ilmiy so‘z bilan aytganda libido deb ataladi. Libido erkak va ayollarda hayot davomida o‘zgarishlarga uchrab turadi. Qanday omillar bunga ta’sir qilishini va bu omillarni bartaraf etib, to‘liq jinsiy hayot bilan yashash imkoniyatlarini ko‘rib chiqamiz. Omillar psixologik va jismoniy bo‘ladi, ularning eng asosiy va ko‘p uchraydiganlarini ko‘rib chiqamiz: Stress Stress jarayonida inson ishlab, aktiv faoliyat bilan shug‘ullanishi qiyin emas. Lekin jinsiy talpinishni o‘z me’yorida bo‘lishiga bu salbiy ta’siz ko‘rsatadi. Ishxonada ish ko‘payib ketishi, moliyaviy muammolar, yaqin qarindoshlar muammolari va boshqa shu kabi qiyinchiliklar sizning jinsiy aloqaga sovuqqon bo‘lib qolishingizga turtki bo‘ladi. Stress holatini keltirib chiqaruvchi muammolarni tezda hal qilishga harakat qiling. Spirtli ichimliklar Spirtli ichimliklar insonga ikki tomonlama ta’sir qilishi mumkin. Ayollarda me’yorida ichilgan spirtli ichiml

Homiladorlikdan saqlanish usullari

Изображение
Har bir ayol jinsiy hayotini rejalashtirib, kutilmagan homiladorlikdan saqlanishi, o‘zi istagan va tayyor bo‘lgan paytdagina farzand ko‘rishi mumkin. Buning qator usullari mavjud. Quyida shular haqida gaplashamiz. Tabiiy, ya’ni fiziologik usullar hech qanday dori vositalari, muolajalar va uskunalarsiz, faqat organizmning xususiyatlarini kuzatgan holda homiladorlikdan saqlanish deganidir. Buni quyidagi yo‘llar bilan amalga oshirish mumkin: <ul> <li>taqvim usuli — hayz siklini kuzatib borib, xavfsiz kunlarni aniqlash;</li> <li>qin ajralmalarining holatini kuzatish — butun hayz davri davomida har kuni qin ajralmalarining miqdori va konsistensiyasiga (sutrang suyuq yoki shaffof shilimshiq) ko‘ra ovulyatsiya kunini aniqlash;</li> <li>bazal haroratni o‘lchash — butun hayz yikli davomida rektal (yo‘g‘on ichakdagi) haroratni o‘lchab, undagi tebranishlarga ko‘ra ovulyatsiya kunini aniqlash</li> <li>simptotermal usul — avv

Jinsiy munosabatdagi ehtirosning yo‘qolishi: sabab va yechim

Изображение
Er-xotin o‘rtasidagi qizg‘in ehtiroslar davri abadiy emas… Bunga tayyor bo‘ling! Birgalikda o‘tadigan dastlabki maftunkor tunlar shu qadar qisqadek tuyuladiki, yosh kelin-kuyov qanday qilib tong otganini ham bilmay qoladi. Qorni och, kiyimi dazmollanmagan yoki hovlisi chala supurilgan bo‘lsa ham erkak va ayolning ko‘zlari porlab turadi. Sevgan yori bir zumga bo‘lsa-da hayolidan ketmaydi, ismi esa tilidan tushmaydi… Er-xotinning bir-biriga bo‘lgan telbalarcha intilishi vaqt o‘tgach oila oldidagi ma’suliyat hissiga joy bo‘shatadi. Juftlik munosabatlari u qadar lazzatli tuyulmay qo‘yadi. Oilaviy hayotning turli davrlarida kechuvchi bunday jarayon juftlik munosabatlariga xavf solishi tayin. Qanday qilib bunday “sovish” dan himoyalanish mumkin? Birinchi yil. “Sensiz o‘laman!” Kuyov imkon topildi deguncha ishidan ertaroq uyga qaytishga harakat qiladi. Kelin esa sepidagi eng chiroyli ko‘ylaklarini kiyib, pardoz uchun hafsala va atir-upani ayamaydi. Bir-biriga mehr to‘la n

Jinsiy aloqa haqida erimda hattoki, tasavvur ham yo‘q!

Изображение
— Erim yaqin kunlarda o‘ttiz yoshni qarshilaydi. O‘tgan yilning dekabr oyida to‘yim bo‘lgan. Shu vaqt ichida biror marta birga bo‘lmadik. Erim shu yoshgacha jinsiy aloqada bo‘lmaganini tan oldi. Bu haqda, hatto tasavvurga ega emas ekan. Shifokor ko‘rigidan o‘tishga zo‘rg‘a ko‘ndirdim. Urolog-androlog erimga o‘tkir yallig‘lanish, varikoz va quvvati pastlik xastaliklari tashxisini qo‘ydi. Varikozni operatsiya qilish kerak deyishdi. Shifokorning aytishicha, vaqtida davolanmaslik bepushtlikka olib kelar ekan. Qizig‘i, to‘ydan avval tibbiy tekshiruvlardan o‘tganmiz. O‘shanda bunday kasalliklar aniqlanmagandi. Bundan tashqari, erim juda asabiy, ijobiy hissiyotlardan yiroq. Qaynonam erimni davolashga majbur qilganim uchun meni yomon ko‘rib qolgan. Hozir ota-onamnikida yashayapman. Erimning oilasidagilar o‘g‘lining aybini tan olishni istashmadi. Ramazan NAZAROV, seksopatolog-androlog: Erkaklardagi jinsiy aloqadan qo‘rqish yoki ojizlik deganda ereksiya (jinsiy qo‘zg‘alish)ni

Spermada qon aralash boʻlishiga sabab nima?

Изображение
Baʼzan spermada qon aralashib qolganligi kuzatiladi. Spermada qon aralash boʻlishi norma va kasallik boʻlishi mumkin. Agar uzoq vaqt jinsiy aloqa qilmagan odamda sodir boʻlsa, bu normal holat boʻlishi mumkin. Aksari boshqa hollarda qandaydir muammo borligini bildiradi. Spermada qon boʻlishi chin va yolgʻon turi bor. Spermada qon boʻlishining chin turida qon spermaga tanosil aʼzolarining quyidagi qismlarida aralashib qoladi. Ular: Moyak; Prostata; Urugʻ chiqaruvchi yoʻllar; Urugʻ pufakchalari. Bunday hollarda sperma rangi qizgʻish rangda boʻladi. Sperda qon boʻlishi yolgʻon shaklida spermaga qon siydik yoʻllarida aralashib qoladi, spermada qon ipchalari, izlari koʻrinadi. Sababi qon spermaga aralashib ketib ulgurmagan boʻladi. Spermada qon boʻlishi jiddiy belgi. Albatta yetarli eʼtibor berilishi va sabablari aniqlab qoʻyilishi shart. Spermada qon boʻlishi nafaqat farzand koʻrish salohiyatiga, balki umumiy salomatlikka ham taʼsir qilishi mumkin. Shuning uchun

Qizlik pardasi – bokiralik mezonimi?

Изображение
Gimen, ya’ni iffat pardasi qin dahlizi va uning bo‘shlig‘i orasida, taxminan, 1,5-3 sm ichkarilikda joylashgan shilliq qavat burmalaridan iborat bo‘ladi. Bokira qizlarda qin teshigi tashqaridan kirilgan tomondan nozik biriktiruvchi to‘qimali nomus pardasi bilan qoplangan bo‘ladi. Iffat pardasi homiladorlikning beshinchi oyidan boshlab ona qornida shakllanadi. Bu shilliq qavat burmalari qinga kirish hududini 0,5 smdan — 2 smgacha bo‘lgan qalinlikda qoplagan. Hayz qoni chiqib turishi uchun bokiralik pardasining bir yoki bir necha joyida me’yoriy teshiklari mavjud bo‘ladi. Qizlik pardasining eng ko‘p uchraydigan turi — markazida bir xalqasimon teshigi mavjud xilidir. Qizlik pardasining turlari Anatomik tuzilishi bo‘yicha qizlik pardasining quyidagicha turlari tafovut qilinadi: Xalqasimon bir teshikli; Yarim oy shaklli; Naysimon tusli; Qo‘sh pallali; Orolchasimon, ya’ni turli joylarida o‘simta qoldiqli iffat belgisi; Spiralsimon tusli; Panjara shaklli, ya’ni ko‘p