Qovushishning (jinsiy aloqaga kirishishning) qoidasi bormi?

– Yangi kelinman, umr yo‘ldoshimga endigina o‘rganayapman. Ammo uning ba’zi odatlari ko‘nglimni xijil qilmoqda. Mening istak-xohishim, kayfiyatim bilan hisoblashmasdan, hatto sog‘lig‘im bilan qiziqmay qovushishga undayverishi to‘g‘rimi, axir? Jinsiy hayotning ham o‘z qoidalari bordir. Shu haqda bilgim keladi.
qovushishning qoidasi

Ravil Ismanov, seksopatolog:

– Jinsiy yaqinlashuv o‘zaro kelin-kuyovning xohish-mayli bilan amalga oshirilgandagina har ikki tomon bundan to‘la-to‘kis huzur-halovat topadi. Ayniqsa, “ilk visoldan” keyingi uch yoki besh kunlik “tiyilish” kelinchakning jinsiy a’zosidagi jarohat izlari bitishiga yordam beradi. Xo‘sh, qovushishning qanday qoidalari bor? Masalan, o‘ta to‘yib ovqatlangandan so‘ng yoki juda och qolgan paytda jinsiy yaqinlik qilinsa, ichaklar faoliyatiga putur etadi. Zo‘riqtiruvchi jismoniy va aqliy mehnatdan keyin ham jimoga kirishish zararli. Avtomobil yoki poezdda qovushishdan ehtiyot bo‘ling, bu noqulay holatda albatta jarohat olishingiz mumkin. Kimningdir biror joyi og‘rib turganda yoki isitmalaganda qilingan yaqinlik umuman huzur-halovat bag‘ishlamaydi, balki bemor uchun zararli hisoblanadi. Kuyov shuni unutmasligi kerakki, kelinchak jinsiy yaqinlikka tayyor bo‘lmasa, u qovushishdan lazzatlanmaydi, natijada asabi zo‘riqadi, umr yo‘ldoshidan ko‘ngli qoladi, hatto bu hol uning jinsiy a’zolaridagi qon aylanish tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ayol nafaqat ruhan, balki jismonan ham shikastlanadi.

Комментарии

Популярные сообщения из этого блога

Qayin singilim bilan seks (hikoya bolgan voqea)

Kelinchakligimda (seks hokiya jinsiy sabboq)

Ayol orgazmi yoxud ayolning jinsiy aloqadan lazzatlanishi